15:09 Tanani chiniqtirish uchun 10 daqiqalik yoga | |
1.To‘g‘ri holatda turib, oyoqlarni yelka kengiligida oching. Qo‘llarni birlashtirib, avval o‘ng so‘ng chap tarafga tortiling; 2. Qo‘llarni orqa tarafga birlashtiring. Oyoqni yelka kengiligiga moslab, asta orqaga egiling; 3.Oyoqlarni birlashtirib, gavdangizni eging. Qo‘llarni oyoqqa tekkazing; 4.Tana og‘irligini bir oyoqqa tashlab, ikkinchisini orqaga cho‘zing. Qo‘llaringiz oyoq harakatiga qarama-qarshi bo‘ladi; 5.O‘ng oyoqda tik turib, chapini yon tarafga cho‘zing. O‘ng qo‘l bilan biror qattiq narsaga suyanib, chap qo‘lni yuqoriga ko‘taring; 6.Oyoqlarni yelka kengligidan kattaroq ochib, o‘ng qo‘lni yuqoriga, chapini esa oyoq uchiga tekkazing. So‘ng ketma-ketlikni alishtirasiz; 7.Qadam tashlayotgan odam holatiga turib, belga xiyol zo‘riqish bering. Bir qo‘lni yuqoriga, ikkinchisini esa yerga tekkazing.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|