19:44 Tokio-2021: O‘zbekistonlik bokschilar qachon ringga ko‘tarilishi ma’lum | |
Joriy yilning 4 iyul kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun Yaponiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 24 iyuldan boshlab boks bellashuvlariga start beriladi. Unda erkaklar va ayollar 8 ta vazn toifasida ringga ko‘tariladi. O‘zbekiston delegatsiyasi to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda. Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Miraziz Mirzahalilov (-57 kg), Elnur Abduraimov (-63 kg), Bobousmon Boturov (-69 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg), Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg) Olimpiada g‘olibligi uchun bahs olib boradi. Bellashuvlar 24 iyul kuni -57 va -69 kg vaznli bokschilarning janglari bilan boshlanadi. Olimpiya o‘yinlari taqvimiga ko‘ra, charmqo‘lqop ustalari quyidagi kunlarda ringga ko‘tariladi. -52 kg: - 57 kg: - 63 kg: - 69 kg: - 75 kg: - 81 kg: - 91 kg: + 91 kg: Ma’lumot o‘rnida, Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 2 kun qolganida, 21 iyul kuni O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari “Olimpiya shaharchasi”ga yetib borishdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|