12:42 O‘zbekiston bo‘ylab yana haroratning keskin ko‘tarilishi kutilyapti | |
Gidrometeorologiya xizmati yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 3-5-iyulda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha havo harorati kunduz kunlari 39-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42-44° gacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi. 6-8-iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8° ga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 41-43° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha isiydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|