11:21 Toshkent hayvonot bog‘iga qora panteralar keltirildi | |
Toshkent hayvonot bog‘ida ko‘p yillardan beri birinchi marta panteralar paydo bo‘ldi. Bu haqda hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar qildi. Keltirilishicha, to‘rt yoshli Tayfun va urg‘ochi Bagira “Wildlife Care” hayvonot bog‘i boshqaruv kompaniyasi yordamida olib kelingan. Panteralar xoda, taxtalar bilan jihozlangan, osti qum bo‘lgan turli volerlarga joylashtirildi. Panteralar mol go‘shti yeyishadi, haftada bir marta ularga quyon beriladi, sut va tuxum ham diyetaga qo‘shiladi. Ma’lumot uchun, Panteralarning terisi tim qora rangga ega — diqqat bilan qaralsa, unda dog‘larni ko‘rish mumkin. Tabiatda panteralar asosan yorug‘lik yetishmaydigan qalin o‘rmonlarda yashaydi. Tabiatda urg‘ochilar odatda 30−50 kg, erkaklari esa 50−75 kg vazn bosadi. Bu hayvonlar yolg‘iz turmush tarzini olib boradilar, faqat nasl qoldiradigan mavsumda uchrashadi. Urg‘ochisi uch oylik homiladorlikdan so‘ng, bir yoki ikkita, kamroq uchta bolani dunyoga keltiradi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|