13:58 Toshkentda bir haftada fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 46 nafar shaxs aniqlandi | |
Fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimlklar iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida bir hafta davomida 3 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlandi. Ularga Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya’ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. Shuningdek, hafta davomida fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 46 nafar shaxsga ma’muriy ta’sir choralari ko‘riladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|