10:44 Toshkentda Britaniya menejment universiteti ochiladi | |
Vazirlar Mahkamasining 08.05.2020 yildagi “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 272-son qarori qabul qilindi."British management university" MChJ va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi poytaxtda nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi o‘quv yurtini tashkil etish tashabbusi bilan chiqishdi. London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb qilish; o‘quv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish; xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish yo‘li bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish; ta'lim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Manba: "kun.uz"
| |
|