09:11 Toshkentda dunyodagi eng katta Qur’oni karim sahifasi qo‘lda ko‘chirildi | |
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida dunyodagi eng katta qo‘lyozma Qur’oni karim sahifasini qo‘lda ko‘chirish ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ushbu sahifa Boysunqor Mirzo tomonidan otasi sulton Shohrux Mirzo uchun maxsus ko‘chirilgan Boysunqur Qur’oni sahifasining biroz kattalashtirilgan takrori. Sahifani markaz xattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin o‘g‘li 6 oy mobaynida ko‘chirgan. Maxsus qog‘oz Yaponiyadan, bo‘yoqlar Turkiyadan keltirilgan va sahifaga o‘zbek oltini suvi bilan hal berilgan. Sahifa Islom sivilizatsiyasi markazidagi Usmon Qur’oni uchun jihozlanayotgan xonaqohdan joy oladi. Islom sivilizatsiyasi markazi qo‘lyozma Qur’on sahifasini Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|