11:38 Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 8 bemorning ahvoli og‘ir | |
Toshkent shahridagi klinikalarda COVID-19 kasalligidan davolanayotgan bemorlarning 8 nafari og‘ir ahvolda qolyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1955 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 992 nafari sog'aygan va 8 nafari vafot etgan. Hozirda 955 kishi koronavirusdan davolanyapti.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|