Главная » 2020 » Июнь » 6 » Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
19:27

Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda sun'iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 17 nafarga yetdi.

Shu yilning 27 may kuni poytaxtlik Sh. avtohalokatga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi.

O‘sha paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari ko‘ringanligi sababli tahlil olinadi. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida 70 yoshli (erkak) bemorda Covid-19 infeksiyasi tasdiqlanadi.

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. 

U avvaldan bosh miya o‘smasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning o‘tgan davolanish vaqti davomida vazirlikning turli soha yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislarining xalqaro standartlar bo‘yicha bergan  tavsiyalari asosida shifokorlar barcha kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirishgan. Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan. 

Biroq so‘nggi kunlarda bemorda nafas yetishmovchiligini kuchayishi natijasida ahvoli keskin yomonlashgan va sun'iy nafas olish apparatiga olingan. Standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari o‘limi bilan bog‘liq holat oxirgi marta 3 iyun kuni Toshkentda qayd etilgandi.

Shu vaqtgacha Toshkentda 8, Namanganda 4, Samarqandda 2, Farg‘ona va Surxondaryoda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.

6 iyun kuni kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanish bilan bog‘liq 4064ta holat aniqlangan, bemorlarning 3247 nafari sog‘aygan. Shifoxonalarda 800 bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, koronavirusdan vafot etdi, bir bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz