10:59 Tramp AQSHdagi vaziyat bo‘yicha yangi ma’lumot berdi | |
AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda allaqachon COVID-19 uchun 5,4 milliondan ortiq sinov o‘tkazilganligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, 25 aprel kuni AQSHda kuniga 200 mingdan ortiq test o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Amerika rahbarining ta’kidlashicha, aprel oyida 24 soat ichida 100 ming odamda test o‘tkazishga muvaffaq bo‘lingan. “Biz allaqachon testlar sonini ikki barobarga oshirdik va yaqin orada biz buni yana ikki baravar oshiramiz”, dedi Tramp. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 1 010 356 nafar odam chalindi. 138 990 bemor shifo topgan bo‘lsa, 56 797 kishi vafot etdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|