19:29 Ukrainalik model Turkiyada o‘lasi qilib kaltaklandi | |
23 yashar ukrainalik top-model Darya Kirilyuk bu yilgi ta’tilini unutmaydigan bo‘ldi. Turkiya plyajlarida qallig‘i bilan hordiq chiqarayotgan Kirilyuk plyaj qo‘riqchilari tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Do‘pposlanganlar orasida modelning uch dugonasi va ularning hamrohlari (yigitlar) bo‘lgan.
Kirilyuk, shuningdek momataloq bo‘lib ketgan yuzining suratini ham omma bilan bo‘lishadi. Plyaj ma’muriyati ushbu holat hudud tashqarisida yuz bergani va bunga xodimlarning aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Plyaj rahbariyati Kirilyuk aslida do‘sti tomonidan kaltaklangani va aybni qo‘riqchilarga ag‘darayotgani uchun sudga murojaat qilishini aytmoqda. O‘z navbatida model plyaj rahbariyatidan videokuzatuv moslamalaridagi videolarni berishni so‘raydi.
Ushbu janjal ikki mamlakat amaldorlarining ham e’tiboriga tushdi. Turkiya rasmiylari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bo‘lib o‘tgan voqealarni qoraladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|