11:25 Ulg‘ayganda duduqlikdan qanday qutulish mumkin? | |
–2 yoshimda qattiq qo‘rqib ketganim bois, duduqlana boshladim. Hozirda ham ba’zan tilim tutilib qoladi. Bundan qattiq qiynalaman. Buni qanday tuzatish mumkin? Anvar SOTIBOLDIEV, Farg‘ona viloyati Bolalardagi duduqlik haqida bilamiz. Bir qancha usullar yordamida muammoni hal etish mumkin. Xo‘sh, kattalarda bu holatning davosi qanday bo‘ladi? Mavzu yuzasidan shifokor-defektolog Almira AMIROVAga yuzlandik.
HAMMASI – ASABDAN Katta yoshli odamda duduqlanishning sabablari juda ko‘p bo‘ladi. Birinchi o‘rinda – yoshlik davridagi qattiq qo‘rqish, kuchli stress asorati odam charchagan, zo‘riqqan paytda o‘zi haqida eslatishi mumkin. Bu odam har doim duduqlanadi, degani emas. Duduqlik ko‘proq odam uni tushunishlarini istab, o‘z fikrini bildirmoqchi bo‘lganida, kщpchilik iarshisisda nuti sщzlashi kerak bщlganida ro‘y beradi. Negaki, bemor omma oldida hayajonlanib, nutqidagi nuqsoni haqida to‘xtovsiz o‘ylaydi. JAROHATNING ASORATI Duduqlikning favqulodda holatlar natijasida ro‘y beradi, dedik. Ammo ba’zan u salomatlikka bo‘lgan beparvoligimiz oqibatida ham bo‘lishi mumkin. Duduqlik: *tomoqning tez-tez yallig‘lanishi (tonzillit, angina); *organizmda gijja ko‘payishi natijasi ham bo‘la oladi. *ko‘p hollarda esa duduqlik kurash, boks bilan shug‘ullanganda bosh miya jarohatlari, ba’zan insult oqibati sifatida ro‘y beradi. Bilasizmi: Erkaklarda duduqlik ko‘proq kuzatiladi. Hammasi ikki jinsning bosh miya tuzilishidagi farqida. Ayollarning bosh miyasi nutq buzilishlaridan tabiatan himoyalangan bo‘lar ekan. QANDAY DAVOLAYMIZ? Albatta, shifokor-defektolog huzuriga borish kerak. Birinchi qiladigan ishingiz, to‘laqonli tibbiy tekshiruvdan o‘tish. Bosh miyani zamonaviy usullar yordamida tekshirtirish ham foydadan holi emas. Barcha umumiy tahlillarni topshirishni ham unutmang. Nevrologga boring Defektolog sizni nevropatologga yuborsa, hayron bo‘lmang. Bu har doim ham sizda asab o‘zgarishlar borligidan dalolat bermaydi. Lekin duduqlik kuzatilgan odamlar o‘z holatidan uyalib, nutqini o‘zicha nazorat qilmoqchi bo‘ladi, oqibatda xato qilgan paytda qattiq asabiylashadi. Ularda nutq spazmi (nutq tutilishi) ro‘y beradi. Shifokor-nevropatolog markaziy asab tizimi ishini meyo’rga keltiradigan maxsus dori vositalar tavsiya qiladi. Asab tizimi tinchlanib olgach, bemor davolanishga tayyor bo‘ladi. Guruh bo‘lib mashq qilamiz Dunyo olimlarining ta’kidlashicha, duduqlikni davolashda individual emas, guruhdagi davolash samarali kechadi. Negaki, bu holat kuzatilgan odamlar yolg‘iz qolganlarida yoki shifokor oldida umuman duduqlanmasliklari mumkin. Hamma muammo ular omma yonida gapirmoqchi bo‘lganida ro‘y beradi. Aynan shuning uchun, ular guruh bo‘lib shug‘ullansalar, davolanish ancha tezlashadi. She’r yodlang Alohida davo choralar sifatidaqisqa she’rlar yodlash mumkin. Negaki, qofiyali, jo‘n to‘rtliklar odamning nutqini boyitadi va o‘ziga ishonchini orttiradi. Natijada, odam unli tovushlarni ortiq cho‘zmaydi, undoshlar uchraganida esa «qoqilmaydi». Sinxron suzish Eng ko‘p yordam beradigani – sport. Uning sinxron turi bilan shug‘ullanish duduqlikda, ayniqsa, foydali. Bemorlarning 95 foizi aynan sport bilan shug‘ullanish orqali bu noxush holatdan juda tez vaqt ichida xalos bo‘lishadi. Sinxron degani – nafas va harakatlar bir maromda amalga oshiriladigan sport turiga aytiladi. Bunga chang‘i, figurali uchish hamda suzish kiradi. Issiq o‘lkada yashaganimiz uchun bizning hududga suzish sporti to‘g‘ri keladi. Suzish bilan haftasiga 2-3 marta bir soat davomida muntazam shug‘ullanilsa, 1,5-2 oydan keyin odamning nutqi ravonlashuvini sezish mumkin. Barno HOJIMIRZAYEVA yozib oldi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|