Главная » 2020 » Ноябрь » 14 » Xavf ortdi. Putin AQSHning O‘QRBSHdan chiqishi oqibatlarini baholadi
19:46

Xavf ortdi. Putin AQSHning O‘QRBSHdan chiqishi oqibatlarini baholadi


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSHning “O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma”dan chiqishi xavfning kuchayishiga olib kelgani haqida gapirdi.

“Xavf va tahdidlar Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan “O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma”ni bekor qilinganidan keyin sezilarli darajada oshdi”, deydi Putin Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitidagi nutqida.

Undan tashqari, Putin Rossiya vaziyatni barqarorlashtirishga, shuningdek, qurollanish poygasining oldini olishga intilib, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida va dunyoning boshqa mintaqalarida o‘rta va qisqa masofalarga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirishga bir tomonlama moratoriy e’lon qilganini ta’kidladi. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar qurollanishdan tiyilgunga qadar moratoriy kabi choralar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Qo‘shma Shtatlar Rossiyani “O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma”ni buzganlikda ayblagan edi. 

Moskva bunday ayblovlarni rad etib, shubha uyg‘otgan raketani namoyish qilishga va mavzuni muhokama qilishga tayyorligini aytgan. Biroq AQSH buni istamadi va shartnomadan bir tomonlama chiqib ketgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidentligi saylovlarida g‘olib bo‘lgani aytilayotgan Jo Bayden esa “O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma”ni tiklash va uning muddatini uzaytirish maqsadi borligini aytgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSHning, Xavf ortdi, oqibatlarini, baholadi, Putin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz