09:38 Xitoy bizdan o‘zini olib qochmoqda – JSST vakili | |
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Xitoy vakili Goden Galeaning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati ushbu tashkilotni SOVID-19 koronavirusining kelib chiqishini tekshirishda qatnashishga taklif qilmayapti. Bu haqda “Sky News” telekanali xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda allaqachon milliy tergov olib borilmoqda. “Ammo bu bosqichda bizni taklif qilishmadi. Mamlakat bizdan o‘zini olib qochmoqda”, dedi Galea. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, JSST ushbu tashkilotni tergovga jalb qilish iltimosi bilan “Xitoy sog‘liqni saqlash organlari va hokimiyatlariga” so‘rovlarni yuborishda davom etmoqda. Galea, shuningdek, Xitoy hukumati Uxandagi ikkita virusologiya laboratoriyasining hujjatlariga kirish huquqini JSSTga bermaganligini qo‘shimcha qildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|