18:58 Xitoy koronavirusga qarshi vaksinadan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi | |
Xitoy «pandalar diplomatiyasi» — do‘stona davlatlarga oddiy Xitoy sovg‘asini koronavirusga qarshi vaksinaga almashmoqchi. Bu haqda seshanba, ya’ni 18-avgust kuni «Forbes» jurnali «The Wall Street Journal»ga tayanib xabar berdi. Taxminlarga ko‘ra, Pekin shu yo‘l bilan ustuvorlik poygasida o‘zining geosiyosiy holatini mustahkamlab olmoqchi. Koronavirusga qarshi vaksina Xitoyga boshqa davlatlar bilan munosabatini yaxshilashga hamda Janubiy Xitoy dengizida AQSh kuchlariga qarshi turishda ularning ko‘magini olishga yordam beradi. Dunyoda ishlab chiqilayotgan oltita preparatdan uchtasi Xitoyga to‘g‘ri keladi — ularning hammasi yakuniy bosqichdan o‘tmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|