17:43 Xitoy tahdid qildi: "Koronavirusning ildizini aniqlashga urinmang" | |
Xitoyning Avstraliyadagi elchisi Chen Szinye koronavirusning kelib chiqishini tekshirish yomon oqibatlarga olib kelishi bilan tahdid qildi. U bu haqda The Australian Financial Review nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Diplomat Avstraliya rasmiylarining tergov o‘tkazish talablari mamlakatlarning munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Elchining so‘zlariga ko‘ra, bu xitoylik sayyohlarni qo‘rqitishi va hatto savdo munosabatlariga ta’sir qilishi mumkin. Chen Szinye barcha davlatlar baribir tergovni qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidladi. “Bunday keskin bir paytda [Xitoyga] gumon va ayblovlardan foydalanish pandemiyaga qarshi global harakatlarga putur yetkazishi mumkin", — dedi u. Ma’lumotlarga ko‘ra, oldinroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison virusning kelib chiqishini tekshirishda AQShga qo‘shilishga qaror qilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|