Главная » 2022 » Сентябрь » 3 » Xitoyning yirik shahalaridan biri karantinga yopildi
17:14

Xitoyning yirik shahalaridan biri karantinga yopildi


Xitoyning Sichuan provinsiyasi poytaxti Chendu shahrida koronavirus tarqalishi sababli qattiq karantin joriy etildi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Shaharda izolyasiya joriy etish qarori 31 avgust kuni, SOVID-19 bilan kasallanishning 157 ta holati qayd etilganidan keyin qabul qilingan.

Qayd etilishicha, 1 sentabr kuni shaharda aholini ommaviy testdan o‘tkazish boshlangan. Karantin qoidalariga ko‘ra, fuqarolar uyda qolishlari shart. Tibbiy favqulodda vaziyatlar bundan mustasno. Oilalardan faqat bir kishi oziq-ovqat uchun kuniga bir marta tashqariga chiqishi kerak.

“Millionlab odamlar hayoti va biznesini o‘zgartiradigan ushbu qaror XXR iqtisodiyoti va undan tashqarida ham o‘z taʼsirini o‘tkazsa-da, mamlakat rahbari  Si Szinpinning Sovid Zero yondashuviga sodiqligini namoyish etadi. Ushbu yondashuv kasallik tarqalishini oldini olish uchun ommaviy testlar o‘tkazish va izolyasiya joriy etishga asoslanadi”, deyiladi xabarda.

Maʼlum bo‘lishicha, 21 million aholisi bo‘lgan ushbu shaharda supermarketlar, dorixonalar va shifoxonalardan tashqari barcha muassasalar yopilgan. Restoranlarda ovqatlanish ham to‘xtatilgan bo‘lib, faqat olib ketishga ruxsat berilgan.

 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoyning, biri, yopildi, shahalaridan, karantinga, yirik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz