Главная » 2017 » Июнь » 27 » Xomiladorlikda qon bosimi ko'tarilishi sabablari va yechim
18:28

Xomiladorlikda qon bosimi ko'tarilishi sabablari va yechim


"Ehtimol kun issiq bo‘lganigami bilmadim, shu kunlarda kelinimning tobi yo‘q. Tez-tez boshi og‘rib qolayapti. Qon bosimini o‘lchasak, ko‘tarilgan bo‘ladi. Farzand kutayotgan ayolda arterial qon bosimining ko‘tarilishi xavfli deyishganiga xavotirdaman. Bunday paytda nima qilish kerak?"

Gulsum Mamajonova, Navoiy viloyati

Savolga akusher-ginekolog Gulnora PO‘LATOVA javob beradi:

Vaziyatga baho berishda homiladorlikni rejalashtirishdan avval ham qon bosimining ko‘tarilishi sodir bo‘lganmi yoki yo‘q, aniqlashtirish zarur. Bordiyu avvaldan gipertenziya mavjud bo‘lib, ayol davolanib kelgan bo‘lsa, kasallik xurujlarining oldini olish maqsadida shifokor bilan bamaslahat ish ko‘rish lozim. Agar arterial qon bosimi to‘satdan «sakray» boshlasa va bir necha marotaba takrorlansa, ushbu holatga birlamchi arterial gipertenziya sifatida qarash mumkin. Birlamchi gipertenziya farzand kutayotgan ayol uchun jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun tibbiy tekshiruvlardan o‘tish va bezovtalik omilini aniqlash lozim. Tibbiy xulosa bo‘lajak onada arterial gipertenziyaning I,II bosqichlarini ko‘rsatsa, davo choralari uy sharoitida o‘tkazilishi mumkin. Xastalikning III, IV darajalari aniqlanganida esa stasionar sharoitida muolaja qilish lozim. Negaki bu holatda arterial gipertenziya buyrak, yurak va boshqa muhim ichki a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Arterial qon bosimi ko‘tarilganida avval yirik va arteriol tizim bosimi o‘zgaradi. Organizm me’yoriy jarayonni tiklash maqsadida mayda qon tomirlarni siqa boshlaydi. Buning natijasida shish paydo bo‘lib, to‘qimalar oziqlanishi buziladi. Zanjir reaksiyasi yuzaga kelib, moddalar almashinuvi jarayoni ham izdan chiqadi. Xavfli tomoni mazkur holat rivojlanayotgan homila va yo‘ldoshga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Fetoplasentar yetishmovchilik (yo‘ldosh tomirlarida qon aylanishining buzilishi) ning kelib chiqish sabablari ayni shu holat bilan izohlanadi. Keliningizni shifokor ko‘rigiga olib boring, hozirda arterial gipertenziyaning har qaysi darajasi homiladorlikka mos tarzda davolanmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: bermayapti, Nikoh, guvohnoma, ajrim, xotin, Ajrashmoqchiman | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz