Главная » 2018 » Апрель » 25 » Erimni yaxshi ko‘rmay (xoxlamay) qoldim...
13:07

Erimni yaxshi ko‘rmay (xoxlamay) qoldim...


«Sevgi bo‘lganmidi o‘zi, hozir-chi, biror hissiyotlar qolganmi» — muhimi bu emas! Asosiy masala: er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni izga solish, yurakning tub-tubidagi bir tomchi mehr-muhabbatni boricha saqlab qolishdir.

«So‘zlarimni tinglab, achchig‘ingiz kelar. «Es-hushi joyidami bu ayolning», deyaajablanarsiz balki, rosti, o‘zim ham qiynalib ketdim... Yaxshi niyatlar bilan bir yostiqqabosh qo‘ygan umr yo‘ldoshimdan ko‘nglim sovib borayapti. «Sevib turmush qurganmisiz?» deyaso‘ramoqchi bo‘lsangiz, yo‘q! Sovchilar orqali tanishganmiz. Ammo o‘zaro hurmat, mehr boredi! Endi bo‘lsa, unga nisbatan hech qanday hislarni tuymayapman, bir uyda begonalardekyashaymiz go‘yo. Lekin oilam buzilishini istamayman! Ikki nafar farzandim uchun hamo‘zimni qo‘lga ola bilishim zarur, biroq qanday qilib? O‘rtamizda yana mehr-muhabbatuyg‘onishi uchun nima qilishim lozim? Maslahat bering...»

Ismi sir tutiladi.

Ko‘ngil qurmag‘urning ishi nozik. Zirapchadek dard ham uni juda qattiq jarohatlashimumkin. Ayollar esa... hissiyotlarga beriluvchanmiz! Ammo gap oila qo‘rg‘oni haqida borarekan, his-tuyg‘ularni idora qila bilishimiz shart! Erkaklar-chi, axir ularda ham krizisholatlari uchrab turadi-ku, dersiz. Іaqsiz! Biroq erkakning yo‘rig‘i boshqa, u bilan o‘ziniteng bilgan ayol xato qilsa qiladiki, aslo foyda topmaydi. Xo‘sh, tahririyatimizga simqoqan mushtariymiz holatining qanday izohi bor? Yechimi-chi, topiladimi? Tahlilqilamiz!

Mutaxassis — Nargiz SATTOROVA, ruhshunos

Hamma narsa o‘zgaruvchan...

Atrofimizdagi voqea-hodisalar, jarayonlar, insonlar — bari o‘zgaruvchan! Hech bir narsa yo‘qki, unga nisbatan muqim deya ta’rif bersak. Ko‘z oldimizda harakatsiz turgan obektnining ichida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar kechadi, ammo biz buni ko‘rmaymiz. Misol uchun, haybatli tog‘lar, ular sizning-cha o‘smaydimi? O‘sadi! Ariqda shildirab oqayotgan yoki undan-da soddarog‘i, ko‘lmakdagi suvga qarang-da, so‘ng bir-ikki soniyaga nigohingizni boshqa yerga olib qoching. Endi yana obihayot bilan to‘qnash kelsin ko‘zlaringiz. Sezdingizmi, tafovutni. Hayotimiz ham oqim singari mudom o‘zgarib turadi. Bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik va keksalik — inson umrining ma’lum davrlari bular. Xo‘sh, erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarga buning nima aloqasi bor? Tan olish qiyin bo‘lsa-da, tinglang, ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlar ham o‘zgaradi!

O‘n sakkiz yoshli yigit-qiz sevgisi bilan qirq yoshli ayol va erkak muhabbati o‘rtasida faqr bor. To‘g‘ri, har ikkala holatda ham his-tuyg‘ular ifodasi mavjud, ammo o‘zgacha talqinda. Birinchi holatda ko‘proq hissiyotlar peshqadamlik qilsa, ikkinchisini o‘zaro hurmat, qadrlash, e’zozlash tushunchalari boshqaradi. Anglaganingizdek, har biri alohida davrdir.

Harakat bor, muhimi...

Turmush qurilayotganida inson bir qadam oldinga qadam tashlaydi. Keyingilari esa uning yanada kamol topishi uchun xizmat qilib, oldinga tashlanaveriladi. Ya’ni harakat bor.

Nutqimizda «orqaga ketish» iborasini qo‘llaymiz, biroq ortga qadam tashlash shunchaki o‘xshatish, xolos. Ammo shunday harakatlar sodir qilinishi mumkinki, ular «minus» hisoblanadi. Lekin bu ham harakat. Xo‘sh, qay biri munosabatlarning yaxshilanishi uchun kerag-u, aks bo‘lganlarini qanday to‘g‘irlash mumkin?

Munosabatlaringiz kun sayin sovuqlashib borayotganini anglab, his etib, tahlil qilib biror nima qilmasam bo‘lmaydi, deya fikrlayapsizmi, demak, juftingiz bilan sizni bog‘lab turuvchi rishta uzilmagan hali. Nimanidir o‘zgartirishingiz kerak, negaki bir joyda to‘planib qolgan suv yuzasini g‘ubor qoplaydi. Harakatdan to‘xtagan narsa-buyum borki buziladi, asli bu ham bir jarayon hisoblansa-da. Xuddi shunday rivojlanish susaygan, to‘xtab qolgan munosabatlarga ham inqirozga yuz tutadi, erta, indin, balki bir yildan keyindir.

Qars ikki qo‘ldan chiqadi, ammo...

Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar go‘yo yonib turgan shamga qiyos. Sham yonib tursagina, atrofida parvonasi bo‘ladi. To‘g‘ri fikrladingiz, olov, bu – siz! Qanchalik baland yonsangiz, yoringizning mehr-muhabbati, e’tibori shunchalik ortib boraveradi. «U-chi, u bir chetda tomosha qilib turaveradimi, yana ayollarning chekigami bari», deya nolishga shoshilmang. Siz boshlang, u davom ettiradi.

Sportchi kunora bajaradigan mashqlarini tashlab qo‘ysa, nima bo‘ladi? Tetikligini yo‘qotadi. Yoki yap-yangi mashinani garajga joylab, yillar xabar olmang, buziladi. Munosabatlar ham shunday, har zamon yangilanib, «ta’mirlanib», turlanib turishi lozim.

Ko‘chat ekdingizmi, parvarishlang!

Tasavvur qiling, nikoh bu ikki insonning qo‘liga berilgan gul ko‘chati. Taqdirlarning birlashishi nasib qilingan ekanmi, demak, gulni sug‘orish, parvarishlash, o‘g‘itlash yelkadagi muhim vazifa bo‘lmog‘i lozim. Ko‘chat bir kunda unib chiqmaydi, gullamaydi ham. Buning uchun yillar talab qilinadi. Agar har ikkala bog‘bon ham ko‘chatga birdek mehr berib, parvarishlasa u, albatta, gullaydi. Aksincha, so‘lib, qurib-qovjirab qolishi ham hech gapmas. Ammo bu ham bir kunda sodir bo‘lmaydi.

Alamli gaplar, kesatiq, gumon, jahl, nafrat, norozilik, noshukrlik kam-kamdan qo‘shilib borilaversa, munosabatlar gul singari asta so‘ladi. Aynan mana shu holatga nisbatan qars ikki qo‘ldan chiqadi degan iborani qo‘llash mumkin. Negaki, mehr-muhabbat, hurmatning yo‘qolishida erkak ham ayol ham birdek aybdorlar. 50\50 hisob!

Undan minnatdormisiz?

O‘ylab ko‘ring, qachon so‘nggi bor umr yo‘ldoshingizga «Sizni yaxshi ko‘raman», «Siz menga keraksiz», «Boringizga shukr!» dedingiz. Labingizni tishlashingizga qaraganda ancha bo‘lgan. Erkak yo‘lini topib ketaveradi. Uning uchun boshqa ayol bilan munosabat qurish muammo emas. Ha, alamli bo‘lsa-da, tan olishimiz shart bo‘lgan haqiqat bu. Oilada erkak bu aql, ayol esa qalbdir. Chunki nozik hilqat vakilalarini ko‘proq hissiyotlar boshqaradi. Shunga ham munosabatlardagi muzlik davrini siz ertaroq, juftingizdan oldin anglab yetasiz. Sizga seziladi, bir-biringizdan uzoqlashib borayotganingiz, avvalgidek mehr yo‘qligi. Tushundingiz-a, sababini...

Imkoni bor, sharti ham!

«Turmush o‘rtog‘im menga nisbatan e’tiborsiz» desangiz, bilingki, shu kunlarda siz o‘zingizga e’tiborsiz. Har kuningiz bir xil. O‘zgaring! Aynan bir hillik munosabatlardagi alangani so‘ndiradi. Umumiy mavzularning yo‘qligi, ikkingizni birlashtirib turuvchi orzular, maqsadlar, xayollar, rejalar mavjud emasligi ham ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘sh, nima qilay deysizmi? O‘z ustingizda ishlang, yangiliklardan cho‘chimang, ko‘zlaringiz yonib tursin.

«Onam aytganidek qildim», «Kelinoyimning maslahatlarini kanda qilmadim», deya yana o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lsangiz, eshiting: shu paytgacha kim nima degan bo‘lsa, ular mana shu manzilgacha yetib kelishingiz uchun yetdi, xolos. Endi miyangizni qayta dasturlang-da, yangi g‘oyalarni yuklang. Ilm oling, izlaning, ammo bu degani boshingizni mutolaadan ko‘tarmang, kun bo‘yi yallo qiling, dugonalar bilan o‘ynang-kuling, eringizning topganiga kiyinib, pardozlaning degani emas. Krizis bu bir pog‘onadan keyingisiga ko‘tarilish fursati yetganidan belgidir. Xohlang, miyangizni egallab turgan yuk bilan ko‘tariling, xohlang yukdan xalos bo‘ling-da, hayotga yangidan nigoh tashlang. Avval tushunib oling, nimani o‘zgartirishingiz kerak. So‘ng shunga ko‘ra yo‘l tutasiz.

O‘n-o‘n besh yil avval ekkan gul ko‘chatingiz ungandi-yu, bugun barglari to‘kilayaptimi, tezgina unga suv quying. Ozroq mehr, muhabbat, e’tibor, shukronalik bilan sug‘oring uni, axir qurib qolmabdi-ku. Ildizidan uzilmabdi-ku! Demak, hali hammasi tugaganicha yo‘q. Bog‘bonlarni birlashtirib turgan rishta bor va siz uni mustahkamlay olasiz. Ishoning, bordiyu taqdir qilinmagan bo‘lsa, gul ildizidan shunday quriydiki, har qanchasug‘orsangiz ham foydasi bo‘lmas. Imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang.

Dildora YuSUFBEKOVA


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: er, Er-xotin, Xiyonat, yaxshi ko'rish, xotin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz