18:45 Yana bir davlat olimlari SOVID-19ni yenga oladigan antitanachalarni yaratdi | |
Niderlandiyadagi Utrext universiteti olimlari laboratoriyada koronavirusni yenga oladigan monoklonal antitanachalarni yaratishdi. Ushbu kashfiyot davolash usullarini izlash va pandemiya tarqalishini to‘xtatish borasida erta, shuningdek, istiqbolli qadam hisoblanadi. Gollandiyalik olimlarning fikriga ko‘ra, tajriba antitanachalari laboratoriya sharoitida hujayralarni o‘stirishda virusni ta’sirsiz holga keltirgan. 47D11 deb nomlanuvchi antitanacha koronavirusga toj shaklini hosil qilishida va inson hujayralariga kirishida imkon beruvchi spayk-proteinni (S-protein) yo‘q qiladi. Utrextda o‘tkazilgan tajribalarda u nafaqat Covid-19 virusini, balki S-oqsillariga o‘xshash, og‘ir o‘tkir respirator alomatlarini keltirib chiqaruvchi, atipik pnevmoniya deb ataluvchi (SARS) virusni ham yengdi. ⚡️Monoklonal antitanachalar saraton kasalligini davolashda ham inqilob qilishgan. "Merck & Co" tomonidan ishlab chiqilgan "Keytrud" dori vositasi va "Roche Holding AG" tomonidan ishlab chiqilgan "Gerseptin" dori vositasi dunyoning eng yaxshi bestselleri bo‘ldi. "AbbVie Inc." kompaniyasining yallig‘lanishga qarshi "Xumira" dori vositasi ham monoklonal antitanachalar oilasiga mansub.
Manba: "aniq.uz"
| |
|