20:44 Yaponiyada keksa yoshli aholi soni rekord ko‘rsatkichga yetdi | |
Yaponiyada 65 yoshdan kattalar «keksa» deb hisoblanadi. 2021 yil sentyabr oyi holatiga ularning soni 36,4 million nafarni tashkil etgan.Yaponiyada mamlakat aholisining 29,1 foizini keksa yoshlilar tashkil etmoqda, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deb yozmoqda Mainichi nashri. Shuningdek, keksa yoshlilar barcha ishlovchi fuqarolarning 13,6 foizini tashkil etgan. Nashr buni «jamiyat tez qarishining yana bir isboti» deb izohlagan. Yaponiyada 65 yoshdan kattalar «keksa» deb hisoblanadi. 2021 yil sentyabr oyi holatiga ularning soni 36,4 million nafarni tashkil etgan. Italiya dunyoda keksa yoshli aholi ulushi bo‘yicha Yaponiyadan keyingi o‘rinda turibdi. Bu mamlakatda keksalar aholining 23,6 foizini tashkil etadi. Uchinchi o‘rindagi Portugaliyada bu raqam 23,1 foizga teng.
Manba: "kun.uz"
| |
|