Главная » 2021 » Апрель » 8 » Yaponiyalik olimlar yangi tishlarni o‘stirishni boshladi
12:06

Yaponiyalik olimlar yangi tishlarni o‘stirishni boshladi


Yaponiyalik tadqiqotchilar tishlarni o‘stirish usulini ishlab chiqdi. Texnologiya hozirda hayvonlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Science Advances ilmiy jurnalida e’lon qilingan maqolaga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Davolash usuli organizmni yangi tishlarni o‘stirishga majbur qiladigan monoklonal anitanalarga bog‘langan.

Tadqiqot USAG-1 genini bloklash, suyak morfogenetik oqsil faolligining oshishini yuzaga keltirishini ko‘rsatgan. Ushbu molekulalar organlar va to‘qimalar o‘sishini tartibga solishga javob beradi.

Shu bilan birga, mazkur oqsilning ishiga aralashish jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq olimlar suyak morfogenetik oqsili bilan o‘zaro ta’sirda USAG-1 qobiliyatini o‘zgartiruvchi qator monoklonal antitanalarni o‘rganib chiqqan va salbiy ta’sirni yuzaga keltiruvchi aniq bir antitanaga duch kelmagan.

Ushbu usul insonniki kabi tishlarga ega laboratoriya sichqonlari hamda sassiqko‘zanlarda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

“Keyingi rejamiz — boshqa hayvonlarning antitanasini tekshirish, xususan, cho‘chqa va itlarning”, — deydi tadqiqot mualliflari.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yaponiyalik, tishlarni, o‘stirishni, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz