Главная » 2017 » Февраль » 26 » 8 oylik chaqaloq onasi tomonidan 90 marta pichoqlandi
18:12

8 oylik chaqaloq onasi tomonidan 90 marta pichoqlandi


Siz ko‘rib turgan qo‘rqinchli suratlar bundan bir necha yil avval, aniqrog‘i, 2013 yilning 6 iyul kuni olingan. Bir so‘z bilan aytanda, bolakayni shu kuyga onasi solgan.

“Lifebuzz” nashri tomonidan yoritilgan voqea quyidagicha kechgan...

Gap shundaki, 8 oylik Syao Baoni onasi ko‘krak suti bilan emizayotgandi. Odatda sut tishlari chiqa boshlagan bolalar, ovqatlanish vaqtida ona ko‘kragini behos tishlab oladi. Ayni vaziyatda ham shunday bo‘ldi. Biroq, bolakayning boshini silab, unga bunday qilmaslik kerakligini tushuntirish o‘rniga, ona uni irg‘itib yubordi. Kamiga esa qo‘liga pichoq olib, bolaning duch kelgan joyiga pichoq ura boshladi. So‘ng uni hovliga olib chiqib tashladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Syaoning amakisi hovlida bazo‘r yig‘layotan jiyanini ko‘rib qoladi va zudlik bilan shifoxonaga olib boradi.

Bolaning holatidan dahshatga tushan jarrohlar, uning ahvolini bir maromga keltirishga harakat qilishadi.

Shifokorlar hayotining endigina sakkizinchi oyini yashayotan bolakay badaniga 90 marta pichoq urilganini ma’lum qilishdi. Umumiy hisobda, pichoq izlarini tikish chog‘ida Syaoning kichik vujudiga 120 ta chok tushdi.

Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam sabab, Syao Baoning hayoti saqlab qolindi. Tibbiyot xodimlari go‘dak terisidagi chok izlari tezda bitib ketishini, aksariyatining izi esa teri tortishishi hisobiga bilinmay ham ketishini aytishgan.

Ayni voqeadan keyin oilaning qo‘shnilari hukumatdan bolani onasidan uzoqroq ushlashni talab qilib, kichik namoyishga chiqishdi.

Syao avvaliga Sharqiy Xitoyning Szyansu provinsiyasida istiqomat qiladigan amakilarining uyiga joylashtirildi.

Vahshiy ona esa ruhiy xastaliklarga qarshi tekshiruvdan o‘tkazildi. Qizig‘i shundaki, unda hech qanday ruhiy xastalik aniqlanmadi. Shu tarzda xukumat bolani onasiga qaytardi...

Hukumat vakillari ayol bu harakatni tug‘ruqdan keyingi depressiya holati sababli amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlashdi.

Mutaxassislarning fikricha, Syao Baoning suratdagi holatiga ko‘ra, onasining oldida ekan u umrining yana bir necha yilini katta xavf ostida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Balki u onasini xuddi boshqa bolalar kabi yaxshi ko‘rar, biroq yillar o‘tib, 8 oylik vaqtida onasi tomonidan 90 marta pichoqlanganini bilsa, bu muhabbat nafratga aylanishi muqarrar.

Eskpertlar Xitoydagi ruhiy xastalikka chalingan bemorlarning 91 foizi kerakli davo muolajalarini olmasligi, bu esa mamlakatdagi salomatlik borasidagi vaziyatni qiyinlashishiga, ko‘plab norasida go‘daklarning o‘z ota-onasi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilishiga sabab bo‘layotganini ko‘p bor ta’kidlashadi. Biroq hukumat tomonidan bunga qarshi hech qanday chora ko‘rilmaydi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pichoqlandi, 8 oy, ona, Chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz