17:46 Ana xolos! 13 yashar qiz shifoxonaga keldi — u homilador | |
Moskvada 13 yoshli qiz ginekolog bilan uchrashish uchun kasalxonaga keldi va uning 11-haftalik homilasi borligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi "Komsomolskaya pravda" huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib. Nashrning yozishicha, qiz konsultasiyaga yolg‘iz kelgan. O‘sha paytda uning qorni allaqachon sezilib qolgandi. Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar homiladorlik to‘g‘risida ota-onalar va polisiya xodimlariga xabar berishdi. Kasalxonaga yetib kelgan IIV xodimlari maktab o‘quvchisini so‘roq qilishdi va uning 14 yoshli do‘sti bilan uzoq vaqtdan beri tanish bo‘lgani, yetti oy davomida yaqin munosabatda bo‘lganliklari oydinlashdi. "Tergovchilar qizga nisbatan mutlaqo zo‘ravonlik yo‘qligini aniqladilar", deya yozadi manba. Hozir polisiya vaziyatni tekshirmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|