16:32 Ana xolos! Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa dezinfeksiya sharafiga ism qo‘yishdi | |
Hindistonda yangi tug‘ilgan farzandiga ota-onasi koronavirus pandemiyasi sabab Sanitayzer deb ism qo‘yishga qaror qilishdi. Ota-onalarning ta’kidlashicha, shifokorlar bolaning yangi ismiga tabassum bilan javob berishgan. Odamlar koronavirusni eslay boshlaganlarida, ular bu kimyoviy vosita ularni infeksiyadan qutqarganini yodga olishadi, deydi bolaning otasi. Oila pandemiya butun insoniyatga ta’sir qilishini ta’kidlagan holda bu harakat koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda ularning qo‘shmoqchi bo‘lgan hissasi ekanligini qo‘shimcha qildi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|