21:48 AQSH bosh infeksionistining koronavirus paydo bo‘lishiga aloqasi bormi? | |
AQSHning bosh infeksionisti, Oq uyning bosh tibbiy maslahatchisi Entoni Fauchi Xitoy laboratoriyasida COVID-19 yuqishini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlarni moliyalashtirishga yordam berganlikda ayblanmoqda. AQSHning Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan senator Rend Pol Fauchiga shunday ayblov qo‘ymoqda. Ammo olim bu ayblovlarni rad etmoqda. Senator Rend Polga ko‘ra, olimlar Fauchining o‘zini oqlab e’lon qilgan bayonotlariga shubha bilan qaraydi. Biroq Fauchi mablag‘larni nazorat qilgani uchun, unga ochiqchasiga qarshi chiqishni istashmaydi.
Ta’kidlanishicha, Pol AQSH bosh infeksionisti Fauchining ashaddiy tanqidchilaridan biri hisoblanadi. Qayd etilishicha, bundan avval ham senator virusolog bilan Uxan virusologiya institutida tadqiqotlar o‘tkazilishi masalasida ziddiyatga borgan.
Ayni paytda AQSH razvedka agentliklari ushbu laboratoriyadan virusning tasodifiy sizib chiqishi global pandemiyaga olib kelishi mumkinligi haqidagi nazariyalarni o‘rganmoqda. Ma’lumot o‘rnida, senator Rend Pol joriy yilning may oyidan Entoni Fauchini COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishida aybdor ekanligini ta’kidlab kelgan. Senator o‘z taxminini Milliy sog‘liqni saqlash instituti tomonidan Uxan virusologiya institutidagi “funksiyalarni mustahkamlash” xavfli tadqiqotining moliyalashtirilishi orqali asoslab bergan. Entoni Fauchi Uxan laboratoriyasini moliyalashtirgan Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar institutini uzoq yillardan beri boshqarib keladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|