18:57 Armiyada xizmat qilganlar uchun OTMga imtiyozli kirish shartlari o‘zgardi | |
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan imtiyozga ega abiturientlar ballariga qo‘shiladigan ustamalar o‘zgardi. Yangi o‘quv yilidan (2017−2018) boshlab O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hamda harbiy qismdan tavsiyanoma olgan OTM abiturientlari kirish testlari natijasi bo‘yicha to‘plagan baliga 50 foiz miqdorida ustamaga ega bo‘ladi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 4 aprelda imzolangan qaror bilan tasdiqlangan o‘zgarish to‘g‘risida «Gazeta.uz"ning ta’lim sohasidagi axborot manbasi xabar qildi. Avvallari armiyada xizmat qilgan imtiyozga ega fuqarolarning kirish sinovlarida to‘plagan natijalariga to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori balning 27 foizi miqdorida ustama belgilanar edi. Imtiyoz mamlakatdagi barcha OTMlarda barcha yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotganlarga taalluqli hisoblanadi. Imtiyoz olishdagi boshqa shartlar o‘zgarishsiz qolgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|