Главная » 2022 » Сентябрь » 16 » “Asalhoney”ning qotili 16,5 yilga qamalganidan norozi
12:05

“Asalhoney”ning qotili 16,5 yilga qamalganidan norozi


“Asalhoney” nomi bilan mashhur insta-bloger Asal Xo‘jayeva qotilligida aybdor deb topilgan fuqaro sud qaroridan norozi bo‘lib, appelyasiya shikoyati bilan murojaat qildi. Biroq apellyasiya instansiyasi unga tayinlangan jazoni o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Joriy yilning avgust oyida Asal Xo‘jayevaning o‘limi bilan bog‘liq sud hukmi eʼlon qilingan edi. Ammo, sudlanuvchi hukmdan noroziligi uchun  sudga apellyasiya shikoyati bilan murojaat qilgan va yengilroq jazo berishni so‘ragan.

“Sal yengilroq jazo berishlarini so‘rayman. Astma kasalim bor”, deydi u.

Marhuma bilan Instagram sahifasida tanishib, so‘ng uning qotiliga aylangan sudlanuvchi nima sababdan bu ishni qilganiga yana bir bor izoh berdi.

“Ota-onamdan, shaʼnimdan so‘kib haqorat qildi. So‘kishdik. O‘shandan keyin o‘ldirishga qasd qildim. Ikki marta o‘ldiraman deb borganman. Birinchi marta tosh bilan urib o‘ldiraman deb borganman. Ikkinchi marta pichoq olib borganman. Uydan chiqishini ikki soat kutganman. To‘g‘risi, ming marta pushaymon bo‘ldim”, deydi jinoyatchi.

Apellyasiya instansiyasi sudlanuvchining shikoyatini ko‘rib chiqib, uning talabini qondirishni rad etdi va birinchi instansiya sudining hukmini o‘z kuchida qoldirdi.

“Sudlov hayʼatining bunday xulosaga kelishiga sabab, sodir etilgan jinoyatning o‘ta og‘ir jinoyatlar tasnifiga kirishi, u tomonidan og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyati va bosqinchilik jinoyati sodir etilganligi, birinchi instansiya sudi tomonidan unga qonun doirasida adolatli jazo tayinlanganligi asos bo‘ldi”, deydi sudya.

Shayxontohur tuman sudining hukmiga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi qasddan odam o‘ldirish va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 16 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Maʼlumot uchun, Asal Xo‘jayevaning murdasi joriy yilning 18 mart kuni soat 10:01 da Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 99-uy, 210-xonadonning yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgandi.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga ko‘ra, Asal Xo‘jayevaning o‘limi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, bo‘yin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi oqibatida yuz bergani aniqlangan.

Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, murda kiyimlari, qo‘l barmoq izlari, 1 dona noutbuk, 1 dona fleshka, 4 dona uyali aloqa telefoni, 4 dona bank plastik kartalari daliliy ashyo sifatida olingan. 

Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov, Yashnobod tumani prokurori A.Donayev, shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi aʼzolari yetib borgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: norozi, qotili, yilga, qamalganidan, Asalhoneyning, 16 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz