Главная » 2021 » Март » 11 » BMT: odamzodni dahshatli xavf kutmoqda
23:20

BMT: odamzodni dahshatli xavf kutmoqda


Dunyoda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni ko‘payishi mumkin, dedi tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterresh BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.

«2020-yilda 88 milliondan ortiq odam beqarorlik va mojarolar tufayli kuchli ochlikdan aziyat chekishdi — bu ko‘rsatkich yil davomida 20 foizga o‘sdi. 2021-yilgi prognozlar ushbu qo‘rqinchli tamoyil davom etishiga ishora qilmoqda», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlari va COVID-19 pandemiyasi vaziyatni yanada kuchaytiradi.

«Agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, millionlab odamlar ocharchilik va o‘lim yoqasiga borib qolishadi. Prognozlarga ko‘ra, ochlik Afrika shoxi va Saxel bo‘ylab tarqaladi hamda Janubiy Sudan, Yaman va Afg‘onistonda kuchayadi. 30 dan ortiq mamlakatda yashayotgan 30 milliondan ortiq odam ochlik e’lon qilinishiga yaqin turibdi», — deya ma’lum qildi bosh kotib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 150 ming kishi ochlikdan o‘lish xavfi ostida, yana 16 million kishi oziq-ovqat xavfsizligiga duch keladi.

Jumladan, Yamandagi besh yillik mojaro tufayli to‘rt million odam uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan. Shu sababli, mamlakatdagi bolalarning yarmi — 2,3 millioni bu yil o‘tkir ovqatga to‘ymaslikka duchor bo‘ladi.

O‘tgan yili Kongo Demokratik Respublikasi dunyodagi eng katta oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirdi: iyuldan dekabrgacha qariyb 21,8 million kishi kuchli ochlikka duch keldi, deya ma’lum qildi bosh kotib.

Guterreshning aytishicha, Janubiy Sudanda oziq-ovqat xavfsizligi muammosi o‘n yil muqaddam mustaqillikka erishganidan beri eng keskin darajaga kelib qolgan.

«Oziq-ovqat mahsulotlari narxi shunchalik balandki, bir likopcha guruch va loviya o‘rtacha kunlik ish haqining 180 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi — bu Nyu-Yorkdagi taxminan 400 dollarga teng», — dedi u.

Shu munosabat bilan Guterresh dunyoda ochlikning oldini olish bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruh tuzilganligini e’lon qildi. U nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dahshatli, odamzodni, BMT, xavf | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz