Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Din niqobi ostidagi tahdidlardan ehtiyot bo‘ling!
14:37

Din niqobi ostidagi tahdidlardan ehtiyot bo‘ling!


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar  muzeyida Din niqobi ostidagi zamonaviy tahdidlar va ularni hal etiishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Unda tegishli idoralar va tashkilotlar vakilllari, harbiy xizmatchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan muzey direktori U.Oltinov, mayor B.To‘raboyev, kapitan A.Nizomov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Z.Sultonov, Toshkent islom universiteti prorektori J.Meliqo‘ziev va boshqalar ma’naviyatimizga soya solayotgan tahdidlarning mazmun-mohiyati, islomiy tushunchalarning asliyati va turli talqinlari, terrorrizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari, mazkur illatlarni bartaraf etishda harbiy xizmatchilar oldida turgan vazifalar bo‘yicha fikr almashdilar. 

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ogohlik, hushyorlik,  Yer yuzida mafkuraviy qarama-qarshiliklar avj olayotgan ayni damda har qachongidan ham  dolzarb ahamiyat kasb etayotir. Turli yovuz kuchlar, dinni o‘z chirkin maqsadlari yo‘lida niqob qilib olgan kimsalar yoshlarni o‘zlariga og‘dirish uchun turli usularni qo‘llayotgani, ayrim hollarda bunga muvaffaq bo‘layotgani achinarlidir. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa, har birimizdan, xususan harbiy xizmatchilarimiz, osoyishtaligimiz posbonlaridan alohida  sergaklik, diqqat va e’tibor talab qilinadi. 

Tadbir ishtirokchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Niqob, taxdid, Din | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz