19:42 Sochlarni o‘stiruvchi 5 niqob | |
1. 1 osh qoshiqdan chakamug‘ yog‘i, shampun, asal va piyoz sharbatini aralashtirib, sochlaringiz ildiziga massaj harakatlari bilan surting. 2 soatdan so‘ng limon sharbati aralashtirilgan suv bilan yuving. Shunda piyozning hidi qolmaydi. 2. 1 dona tuxumga 2 choy qoshiqdan asal va o‘simlik yog‘i qo‘shing. Suv bug‘ida biroz isitib, soch ildizlariga surting. 20-30 daqiqadan so‘ng yaxshilab yuving. 10 kunda ikki marta ushbu niqobdan foydalanishingiz mumkin. 3. Tuxum sarig‘iga 1 osh qoshiqdan asal va limon sharbatini solib, aralashtiring-da, yuvilgan soch ildizlariga surting. So‘ngra sellofan va sochiq bilan o‘rab, 1 soat kuting. Issiqroq suv bilan yuving. 4. Chakamug‘, zaytun va kanakunjut moyidan teng miqdorda olib, suv bug‘ida biroz iliting-da, Ye vitaminini qo‘shing. Soch ildizlariga surtgach, bir soatdan so‘ng shampunlab yuvish mumkin. 5. Piyozni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. 2 osh qoshiq piyoz bo‘tqasiga 1 osh qoshiq asal qo‘shing. Niqobni 40 daqiqa sochlarda ushlab, limonli suv bilan yuving.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|