18:24 Yaponiyaliklar koronavirusdan himoyalovchi “aqlli” niqob ixtiro qildi | |
Yaponiyaning “Donut Robotics” – robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi sohibining nutqini boshqa tillarga tarjima qila oluvchi “aqlli” niqob ixtiro qilishdi. Niqob C- “Face mask” deb nomlanadi. U insonni nafaqat xavfli koronavirusdan himoyalaydi, balki Bluetooth orqali smartfonga maxsus dastur orqali ulanib, sohibining nutqini to‘qqizta – ingliz, fransuz, indoneziya, ispan, yapon, xitoy, koreys, tayvan va vetnamcha tillarga o‘gira oladi. Kompaniya so‘nggi yillar davomida aeroportda maxsus tarjimon robotlar ustida ish olib borishayotgan edi. Ammo dunyoda kuzatilayotgan pandemiya sabab olimlar vaziyatga moslashishdi va ta’minot dasturi “aqlli” niqobga moslashtirildi. Ushbu yangicha loyihaga 260 000 dollar sarflanmoqda. Xabarda keltirilishicha, yangi turdagi niqoblar do‘konlarda sentyabr oyida paydo bo‘ladi. Bir dona niqobning bahosi 40 dollar bo‘ladi. U avvaliga Yaponiyada, ana undan keyin Xitoy, Yevropa va AQSHda ham sotila boshlaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|