17:11 Toshkentdagi Inha Universiteti talabalari koronavirusga qarshi “aqlli niqob” ixtiro qildi | |
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahridagi Inha universitetning Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti 4-kurs talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurahmonova O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qildi va “aqlli niqob”ni yaratdi.
Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo‘lib uning yordamida niqobga o‘rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni smartfonga yuboradilar. Ilova ushbu ma’lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo‘lsa, dastur aniqlik kiritadi.
Loyihaning muallifi Doston Mardiyevning ta’kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Talabalar bunday niqoblar kelajakda jamiyat uchun foydali bo‘lishiga umid qilmoqda.
Manba: "sof.uz"
| |
|