19:42 Durov Telegram Rossiyada bloklanishiga javob qaytardi | |
Telegram asoschisi Pavel Durov Moskva shahar Taganka sudining Rossiya hududida messenjerni bloklash haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda u «VKontakte»dagi o‘z sahifasida yozgan. «Telegram bloklanishni chetlab o‘tishning maxsus usullaridan foydalanadi, ular foydalanuvchilardan harakatlar talab qilmaydi, biroq VPN’siz servisga kirish 100 foizga kafolatlanmagan», - deya xabar bergan Durov. Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer servislari bloklanishning ilk soatlarida sekin ishlashi mumkin. Durov aloqa bilan muammolar paydo bo‘lganida, Telegram’ni o‘chirib yubormaslik yoki qayta o‘rnatmaslik, shuningdek, messenjerni o‘z vaqtida yangilab borish haqida tavsiya berdi. «Bloklanganiga qaramay, Telegram rossiyalik barcha foydalanuvchilarga bildirishnomalarni markazlashtirilgan holda yuborish imkoniyatini saqlab qolib, vaziyat rivoji haqida xabardor etib boradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Durov.
Manba: "kun.uz"
| |
|