Главная » 2018»Апрель»23 » Rossiyada nimalar bo‘lmoqda? Telegram ortidan Google ham bloklandi
17:37
Rossiyada nimalar bo‘lmoqda? Telegram ortidan Google ham bloklandi
Kecha, 22 aprel kuni Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati Google’ni bloklab qo‘ydi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya hududida Google’dagi bir nechta IP manzillar orqali Telegram’dan foydalanish mumkin. Google esa bunga yo‘l qo‘yib bermoqda.
Aynan mana shu sabab Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati Google’ni ham Rossiya hududida ta’qiqlab qo‘ygan.
Google kompaniyasi, o‘z navbatida, ba’zi foydalanuvchilarda korporatsiya xizmatlarining bir qismiga kirish imkoni saqlanib qolgani bois shunday vaziyat yuzaga kelganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiyaning bir nechta hududlarida internet erkinligini talab qilib, odamlar namoyish o‘tkazganini xabar bergan edik.