23:02 Rossiyada Telegram messenjerini bloklash bekor qilindi | |
Roskomnadzor 2018 yil aprelda Telegram FXXga xabarlarni shifrdan chiqarish bo‘yicha ma’lumotni taqdim etishni rad etgani uchun messenjerni Rossiya hududida bloklashga kirishgandi.
Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish federal xizmati (Roskomnadzor) Telegram messenjerini bloklashni bekor qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi. "Telegramm asoschisining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga tayyorligi haqidagi so‘zlarini ijobiy baholaymiz. Roskomnadzor bosh prokuratura bilan kelishgan holda Telegramm messenjerini cheklash bo‘yicha talablarni olib tashladi", – deyiladi Roskomnadzor xabarida. Roskomnadzor 2017 yil yozida Telegram messenjerini axborot tarqatish tashkilotchilari reestriga kiritgandi. Xizmat 2018 yil aprelda Telegram FXXga xabarlarni shifrdan chiqarish bo‘yicha ma’lumotni taqdim etishni rad etgani uchun messenjerni Rossiya hududida bloklashga kirishgandi. Garchi messenjerni bloklash ishlari samarali bo‘layotganligi aytilsa-da, Telegram shu kungacha qiyinchiliksiz ishlab kelayotgandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|