Главная » 2017 » Август » 20 » Erdo‘g‘an Germaniya tashqi ishlar vaziriga “joyini bilishni” maslahat qildi
17:44

Erdo‘g‘an Germaniya tashqi ishlar vaziriga “joyini bilishni” maslahat qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uni Germaniyadagi saylovoldi kampaniyasiga “qo‘pol aralashuvda” ayblagan Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielga keskin javob qaytardi.

“U hech qanday chegarani bilmaydi! Sen o‘zi kimsan Turkiya prezidenti bilan gaplashadigan?!”, deb yuzlangan Erdo‘g‘an. Uning bu nutqi Turkiya televideniesi orqali namoyish qilingan.

Erdo‘g‘an Gabrielga “joyini bilishni” maslahat qilgan. “Sen siyosatda qachondan berisan? Yoshing nechida o‘zi?”, deb g‘azablanishda davom etgan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an 18 avgustda Germaniyadagi siyosiy partiyalar Anqaraga nisbatan dushmanona kayfiyatda ekanligini aytgan va Germaniyada yashovchi barcha turklarni Bundestagga bo‘ladigan saylovlarga ta’sir qilishga chaqirgan. U 24 sentyabrda o‘tadigan saylovlarda “o‘zini noto‘g‘ri tutadigan va “islomga qarshi kayfiyatda bo‘lgan” partiyalarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan. U, jumladan, turklarni mamlakatning amaldagi kansleri, XDI/XII (Xristian demokratik ittifoq/Xristian ijtimoiy ittifoq) partiyalar alyansi rahbari Angela Merkel va IDP (Ijtimoiy-demokratik partiya) yetakchisi Martin Shulsga ovoz bermaslikka chaqirgan.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Erdo‘g‘an, Germaniya tashqi, “joyini bilishni” maslahat qildi, ishlar vaziriga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz