20:07 GM Uzbekistan: Avtomobillarning yangi narxlari Prezidentning 2-sentabrdagi farmonidan kelib chiqib belgilanadi | |
GM Uzbekistan axborot xizmati “Daryo” internet-nashri so‘roviga javob berarkan, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning narxlari o‘zgarishini bilvosita tasdiqladi. “GM Uzbekistan avtomobillari narxlari shakllanishi masalasi doimiy nazoratda bo‘lib, avtomobillar narxlari O‘zbekiston Prezidentining 2-sentabrdagi ‘Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi farmonida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib belgilanadi”, — deya qisqa javob berdi GM Uzbekistan axborot xizmati. Ayni vaqtda, GM Uzbekistan kompaniyasi axborot xizmati avtomobillarning yangi qiymatlari qanday bo‘lishi, yangi narxlar qachon va qanday mexanizmlar asosida belgilanishi haqidagi tafsilotlarni ma’lum qilmadi. Mavzuga doir: GM Uzbekistan va “O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘z xizmatlarining so‘mdagi joriy narxlarini “muzlatishi” kutilmoqda
Manba: "daryo.uz"
| |
|