21:05 Ishonasizmi! Nepalda oltin toshbaqa topildi | |
“Daily Mail” xabariga ko‘ra, Nepalda mahalliy aholi tomonidan oltin toshbaqa topilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bu “Lissemys punctata andersoni” turiga mansub toshbaqa. Ta’kidlanishicha, terisining ajoyib rangi pigment tarkibini o‘zgartirgan mutasiyaga bog‘liq bo‘lgan ushbu kamyob toshbaqa butun dunyoda atigi besh dona bo‘lib, shundan ikkitasi Nepalda aniqlangan. Mutaxassislarning qayd etishlaricha, toshbaqalar Nepalda, odatda, diniy va madaniy ramz, o‘ziga xos "totem" sifatida qadrlanadi. Hindlar Vishnu dunyoni qutqarish uchun toshbaqaga aylanganiga ishonishadi. Hind dinida toshbaqa qobig‘ining yuqori qismi osmonni, pastki qismi esa yerni anglatadi. Ta’kidlanishicha, olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng toshbaqa tabiiy muhitga qo‘yib yuborilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|