13:08 Toshbaqa oshqozonidan 915 ta tanga-pullar topildi | |
Bir necha kun avval, Tailandda veterenarlar tomonidan noodatiy operatsiya amalga oshirildi. Ya’ni, dengiz toshbaqasining oshqozonidan 915 dona turli davlatlarga tegishli bo‘lgan tanga-pullar olib tashlandi. Bu haqda "The Guardian" xabar qildi. Umumiy og‘irligi 5 kilogramm bo‘lgan tanga-pullarni oshqozonida olib yurgan jonivorni tibbiyot xodimlari Om Sin (tailandliklar tilida kopilka - pul to‘plagich, ustidagi kichik teshikka tanga yoki qog‘oz pullar solinib, pul yig‘iladigan o‘yinchoq, haykalcha) deb atashdi. Gap shundaki, 25 yoshga kirgan ushbu toshbaqa mamlakatning Chonburi provinsiyasidagi hayvonot bog‘ida yashaydi. Ayni vaqtda hayvonot bog‘i ta’mir uchun yopib qo‘yilgan. Shuning uchun o‘ttizdan oshiq jonivorlar Tailand Qirollik floti qoshidagi dengiz toshbaqalarini himoya qilish Markaziga olib kelindi. Toshbaqaning yurishi qiyinlashgani sababli veterinar uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qildi. Tamografiyaga tushirilgach, toshbaqaning oshqoznida yuzlab tanga-pullar borligi aniqlandi. Tailandga kelgan har bir sayyoh toshbaqa katagidagi basseynga “shu joyga qaytib kelish nasib etsin”, degan niyat bilan tanga-pul tashlaydi. Toshbaqa esa, ularni yutib yuravergan. Umida Yakubova
Manba: "qalampir.uz"
| |
|