08:02 JSST koronavirus vaksinasi haqida so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi | |
Ayni paytda dunyoda yangi koronavirus infeksiyasi uchun 141 vaksina ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi. Uning so‘zlarini “The Washington Post” keltirmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari ta’kidlaganidek, ba’zi olimlar vaksinani ishlab chiqish masalasida oylab muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Gebreyesusning ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasi xalqaro hamjamiyat sog‘liqni saqlash inqirozini hal qilishda o‘zaro hamkorlik qilishi zarurligini ko‘rsatdi. "Biz ushbu makkor virusning xavfini yo‘q qilish bilan kifoyalanmaymiz, ammo ko‘pchilik odamlar hali ham infeksiyaga moyil bo‘lib qolmoqda. COVID-19 dan to‘liq himoya qilinish kafolatlamagan, ammo baribir umid bor”, dedi JSST rahbari. Gebreyesus o‘z maqolasida kelajakda sog‘liq uchun tahdidlarga nisbatan dunyo juda himoyasiz bo‘lib qolayotganidan xavotir bildirgan. JSST Bosh direktorining ta’kidlashicha, ayni paytda antimikrobiyal qarshilik kamroq ko‘rinadigan pandemiya bilan kurash olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|