17:08 Juftliklar uchun maxsus: matematik test. qo‘shishni bilsangiz bas! | |
Numerologiya va astrologiya haqidagi bilimlardan foydalanib, sevgan insoningiz bilan qanday juftlik ekanligingizga oydinlik kiritish mumkin. Buning uchun ikkingizning ham tug‘ilgan sanalaringizni maxsus usulda hisoblashning o‘zi kifoya.
Tug‘ilgan sanasiga ko‘ra moslik darajasi Necha foiz bir-biringizga to‘g‘ri kelasiz? Avvalo, o‘z tug‘ilgan sanangizni bir qatorga yozib, hamma sonlarni ketma-ket qo‘shib chiqishingiz lozim. Shu usul bilan siz o‘z raqamingizni aniqlaysiz. Masalan: deylik, 1989 yil 9 martda tug‘ilgansiz. Raqamlarni o‘zaro qo‘shib chiqamiz 1+9+8+9+0+9+0+3=39. Natija ikki xonali sonni tashkil qilgani uchun undagi ikki sonni ham o‘zaro qo‘shish lozim. Bu ish toki bir xonali son chiqquni ga qadar davom etadi. 3+9=12.1+2=3 Demak, sizning raqamingiz 3. Endi juftingiz tug‘ilgan sanasiga qarab, uning ham asosiy raqamini aniqlang. So‘ng jadvaldan ikkalangizning raqamlaringiz kesishgan qatorni topasiz. Jadvalda juftliklarning moslilik darajasini A, B, S va D harflari bilan belgilangan. Ularga ko‘ra juftliklarning moslilik darajasi foizlarda ko‘rsatilgan. A=100% B=75% S=50% D=25% Kalkulyatorni qo‘lga oling! Yanada aniqroq va batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘z tug‘ilgan kuningiz va juftingiz tug‘ilgan sanasini bir qatorga qo‘yib, sonlarni qo‘shib chiqish kerak. Masalan, siz 23.07.1985 sanada, turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lsa 12.11.1978 kuni tavallud topgan. Raqamlarni bir xonali chiqquniga qadar o‘zaro qo‘shib borishingiz shart. 2+3+7+1+9+8+5+1+2+1+1+1+9+7+8=65; 6+5=11; 1+1=2 2 – bu sizning o‘zaro munosabatlaringiz raqami. Quyida raqamlar juftliklar haqida nimalarni oshkor etishini bilib olishingiz mumkin, asosiysi, hisobda adashmagan bo‘lsangiz bas. Bir. Bu juftlik birgalikda kelishib ish yuritsa, ko‘zlagan har qaysi maqsadiga osongina erisha oladi. Bunday aloqa sheriklarning ichki quvvati va iqtidorini namoyon qiladi. Tinimsiz olg‘a qadam bosganlari uchun ham munosabatlari doim rivojlanib boradi. Zerikish uchun asos bo‘lmaydi. Biroq bu raqam ostidagi insonlar har qanday vaziyatda birinchilardan bo‘lishga o‘rganishgan, munosabatlarda har ikkala insonning liderlikka intilishi anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Munosabatlarning boshida mehr va ehtiros er-xotinning ko‘zini ko‘r qiladi, biror sabab tufayli bu tuyg‘ular so‘na boshlagach, ular “qildan qiyiq axtarish”ga tushib ketishadi. Doimiy janjal, munosabatlarga oydinlik kiritishlar oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi. Turmush o‘rtoqlardan biri g‘olib tomonni tan olib, bosh egishga rozi bo‘lgachgina baxtli hayotga qaytishlari mumkin. Ikki. Juftlikning munosabatlari asosida moddiyat muhim ahamiyatga ega. Bu aloqalar tufayli katta daromad ko‘zlagan bo‘lsa-da, er-xotin birgalikda vaqt o‘tkazishni juda yaxshi ko‘rishadi. Oiladan tashqari faoliyatda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishsa, ishlari gullab-yashnashi turgan gap. Bunday oilaning ro‘zg‘ori hech ham kamchilik ko‘rmaydi. Yorqin his-tuyg‘ularni bir-biridan kutish xato bo‘lsa-da, oilada duch keladigan har qanday masala ijobiy hal etiladi. Hamma oilada ham kelishmovchiliklar bo‘ladi, bu oilada bunday “g‘idi-bidi”lar asosan pul sabab yuzaga kelish xavfi bor. Iqtisod masalasiga haddan ziyod urg‘u bermaslik kerak, oqibati yomon bo‘lishi mumkin. Bir-biridan mehrni qizg‘anish yaxshi emas. Uch. Dilkashlik, shu bilan birga yaxshigina o‘zgaruvchanlik bu juftlikka xosdir. Bir-biridan aslo zerikmaydi, soatlab qiziqarli suhbatlar qurishi mumkin. Biroq... Juftining oiladan tashqaridagi “sarguzashtlari” ham bo‘lish ehtimoli yuqori. Bunda hech kimning aybi yo‘q. Shunchaki juftlardan biri biroz beqaror. Undan sodiqlik talab qilib, va’da berishni so‘ramagan yaxshi. Chunki har bir quruq va’da uchun oiladagi hotirjamlikka putur yetishi mumkin. Bevafoga xuddi o‘zi kabi javob qaytarmagan ma’qul. Vaziyatni to‘g‘irlashning imkoni bor. Er-xotin xiyonat evaziga nimalarni yo‘qotishayotgani haqida suhbatlashishlarini taklif etamiz. To‘rt. Mustahkam oila raqami. Munosatlardagi iliqlik hissi, bir maromda kechayogan turmush va bekamu ko‘stlik aynan shu raqam ostidagi oilaga xos. Har to‘kisda bir ayb deganlaridek, ish borasida ayrim muammolar bo‘lib turishi mumkin. Ish yuzasidan hamkor bo‘lganingizda omad kulib boqishi qiyin kechishi ehtimoli bor. Lekin oilada bir-biringizni ruhan va ma’nan qo‘llab-quvvatlay olishingiz tahsinga loyiq. Besh. Sizdagi kuchli muhabbat va ehtiros atrofdagilarda faqatgina havas tuyg‘usini uyg‘otadi. Omma oldida hislaringizni biroz jilovlashga harakat qiling, do‘st orasida dushman bo‘lishi ham mumkin. Baxtiyorlikdan o‘zingizni xuddi yettinchi osmonda suzib yurgandek his etasiz. Bu olamda siz va juftingiz hamda ulkan muhabbatingizdan o‘zga narsa yo‘qdek, go‘yo. Agar ikkingiz ham ba’zan o‘z manfaatingizdan ko‘ra juftingiznikini yuqori qo‘ysangiz, oilangiz yanada mustahkam bo‘ladi. Bir-biriga mehri cheksiz insonlarning farzandlari ham, shubhasiz, baxtli bo‘ladi. Muhabbatingizdan jo‘sh urayotgan quvvatni har qaysi sohaga yo‘naltirmang, u albatta sizga omad keltiradi. Olti. Bu raqam ostidagi juftlik har qanday vaziyatda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Oilada munosabatlarga oydinlik kiritish va suronli hissiyotlar kuzatilmaydi, hammasi bir maromda kechadi. Vaqt o‘tib, muhabbat o‘ti so‘nsa ham er-xotin bir-birisiz hayotini tasavvur qilolmaydi. Bu juftlikka ayriliq soya solmasligi, quvonchli albatta. Yetti. Raqam ostidagi juftlikning baxtiga uyg‘unlik ustun sanaladi. Bir-birlarini osongina tushunishadi. Lekin biroz beparvolik hissi ularga tinchlik bermaydi. Juftlardan biri doim o‘z mas’uliyatidagi ishlarni bajarishni unutishi kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Biroq ikkinchi tomonning oqilona yo‘l tutishi oqibatida masala janjallarsiz hal etiladi. Odatda bunday juftliklar baxtli oilalardan sanalishadi. Sakkiz. Bu raqamdagi juftlikning munosabatida noodatiylik muntazam kuzatiladi. Ular xuddi magnitning ikki qutbi kabi bir-biriga talpinishadi. Vaqt o‘tib, muhabbat qizg‘anish, rashk hamda ishonchsizlik tuyg‘ulariga o‘rin bo‘shatishi ham mumkin. Ular oqibatida tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun juftingizga bo‘lgan sadoqatingiz va ishonchingiz haqida bot-bot ta’kidlashni unutmang. To‘qqiz. Orzular olamida birga sayr qilishni yoqtiradigan juftlik. Ular istaklari amalga oshishi uchun qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda harakat qilishadi. Ba’zan orzularining “ulkan”ligi sabab, moliyaviy muammolarga ham duch kelib turishadi. Ro‘zg‘orning g‘orligi muhabbatning jo‘shqin olovini so‘ndirib qo‘yishi mumkin. Juftliklardan biri oila va ro‘zg‘ordagi muammolar mas’uliyatini o‘z bo‘yniga olib, bunga juftini ham jalb etsagina oila baxtli bo‘ladi. Dilnoza tayyorladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|