11:39 Kimlarda koronavirusga qarshi immunitet bo‘ladi? | |
Berlindagi “Charite” klinikasining virusologi Kristian Drosten koronavirusning yangi turiga qarshi immunitetning qanday paydo bo‘lishini aniqladi. Uning fikricha, hozirda COVID-19 qarshi immunitetga ega bo‘lgan odamlar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, avvalgi koronaviruslar (SARS, MARS) bilan kasallangan odamlar COVID-19 ga qarshi immunitetga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u COVID-19 ga chalingan odamlarda ham ushbu kasallikka qarshi immunitet paydo bo‘lishi ehtimoli kattaligini aytib o‘tgan. Drosten shu mavzuda bir qancha odamlarda sinov o‘tkazgan.
Virusologning so‘zlariga ko‘ra, u klinik laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pnevmoniya keltirib chiqaradigan bir qator koronaviruslar COVID-19 bilan o‘xshash. Bundan tashqari, ular sabab T-hujayralari aktiv harakatga kelishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, T-hujayralari ham avvalgi koronaviruslarga ham SARS-CoV-2 ga qarshi tura oladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 832 441 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 807 037 nafari sog‘aygan, 197 342 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 828 062 kishini tashkil qilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|