12:53 Kitob tumani hududi karantinga olindi | |
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududida kirish-chiqish taqiqlandi. Tuman hokimligi matbuot xizmati hudud karantinga yopilgani to‘g‘risida ma'lum qilgan.Kitob tumanida karantin ehtiyot choralari vaqtincha kuchaytirildi. Bu bilan tuman aholisining kasallikka chalinish xavfidan ko‘proq himoya qilish nazarda tutilgan. Ayni paytda tuman markaziga kirish-chiqish yo‘llari hamda umumiy vaziyat rahbariyat tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning ogohlantirishlariga qaramasdan maqsadsiz ko‘chada yurish holatlar ko‘p kuzatilayotganini qayd etgan. Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyati 1 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi 30 may kuni e'lon qilgan ma'lumotda Kitob tumani ham viloyatdagi boshqa barcha tumanlar kabi «yashil» hudud sifatida ko'rsatilgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|