16:53 Koronavirusga chalinganlarda o‘lim xavfi yuqoriligini ko‘rsatuvchi simptom topildi | |
AQSh olimlari koronavirusga chalinganlarda o‘lim xavfi yuqoriligini ko‘rsatuvchi simptomni aniqlashdi. «Eurekalert» nashri yozishicha, Jorj Vashington universiteti olimlari ushbu alomat sifatida koronavirus bilan kasallangan inson qonida beshta biomarker (IL-6, D-dimer, CRP, LDH va ferritin) miqdorining yuqori darajada bo‘lishini ko‘rsatishdi. Bu holatda yallig‘lanish kuchayib, qonning ivish jarayoni izdan chiqadi. Mutaxassislar qariyb 300 nafar kovid-bemorning ma’lumotlarini chuqur o‘rganish asosida ushbu xulosaga kelishgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|