17:29 Koronavirusni davolashda yangi potensial vosita topildi | |
Melatonin (uyqu va bedorlik siklini tartibga soluvchi gormon)ni qabul qilish COVID-19ni davolashda ijobiy samara berishi mumkin. Bu haqda amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotga tayanib «Medical Xpress» xabar berdi. Mutaxassislarning xulosasi Klivlend klinikasi bemorlaridan olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Gormon qabul qilish yoshi, irqi, zararli odatlari va turli hamroh kasalliklarini hisobga olmaganda tuzalishga bo‘lgan imkoniyatni 30 foizga oshirishi aniqlandi. Qayd etish joizki, afroamerikaliklar orasida bu ko‘rsatkich 30 foizdan 52 foizga ko‘paygan. «Shuni ta’kidlash muhimki, bu natijalar bemorlarning davolovchi shifokori bilan maslahatlashmasdan melatonin qabul qilishni boshlashi kerakligini anglatmaydi», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Feyseng Cheng. Olimning ta’kidlashicha, melatonin foydasini ilmiy jihatdan tasdiqlash uchun keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|