16:43 Koronavirusning og‘ir kechishi nimaga bog‘liq? | |
Shvetsiya va germaniyalik olimlar koronavirus infeksiyasining og‘ir ko‘rinishiga javobgar irsiy omil zamonaviy odamga neandertallardan o‘tganligini aniqlashdi. Bu haqdagi ma’lumotlar «Nature» jurnalida chop etildi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, DNKning bu bo‘lagi dastlab viruslardan himoya qilgan. COVID-19 holatida esa, aftidan, genomning bunday bo‘lagiga egalik qiluvchi odam immun tizimi infeksiyaga qarshi haddan tashqari kuchli kurashadi. Bu esa organizm zaiflashishiga olib keladi. Natijada kasallikning og‘ir kechish xavfi uch baravar ortadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, neandertal xromosomalariga o‘xshash DNK bo‘lagi, ayniqsa, Bangladeshda ko‘p uchraydi: aholining 63 foizi unga egalik qilishadi. Bundan tashqari, Janubiy Osiyo aholisining uchdan bir qismida ham genomning shunga o‘xshash bo‘lagi mavjud. Yevropa va Sharqiy Osiyoda uning tarqalishi o‘n foizdan ham oshmaydi. Afrika aholisida esa bunday genlar deyarli uchramaydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|