12:08 Namanganda 3 yoshli qizaloq koronavirusdan tuzaldi | |
Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (8 nafari Namangan shahridan, 6 nafari Uychi tumanidan, Norin va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq. Viloyatda shu paytga qadar 179 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 195 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1897 nafarga yetdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|