17:26 Namanganda 66 yoshli qorovul o‘ldirib ketildi | |
Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 8:00 larda Namangan viloyati Pop tumani “Anhor” MFY hududida joylashgan bino hovlisida qotillik yuz bergan. U yerdan shu binoda qorovul bo‘lib ishlab kelgan 66 yoshli erkakning qotillik alomatlari bilan jasadi topilgan. Viloyat IIB va prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan 41 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|