14:30 Navoiylik yigit firibgarlik yo‘li bilan bankdan 71 mlnni olib ketdi | |
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 27 yoshli yigit 71 millionlik soxta chek bilan bankdan pullarni olib ketdi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi. Navbahorlik yigit Xalq bankida ta’minotchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, imtiyozli ravishda aholiga jo‘ja yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Bu jarayonda uning qarzlari ko‘payib qolgan va Xalq bankining Navbahordagi filialidan 1 million so‘m miqdorda qarz olgan. Bu hujjatni u qalbakilashtirib, soxta chek yordamida bank kassasidan 71 million so‘m naqd pullarni olib ketgan.
Holat yuzasidan Navbahor tumani IIB tergov bo‘limi tominidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-3qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|